Dasturlash foundation bosqichi dasturlashga ilk qadam qo’yayotganlar uchun hisoblanadi. Bu bosqichda C va Python dasturlash tillarining asoslari o’rgatiladi. Shuningdek, bonus sifatida kompyuter savodxonligi darslari ham taqdim etiladi.
Dasturlash foundation bosqichida dasturlash strukturasi, mantig'i, dastur yaratilgandan keyin uning orqa fonida qanday protseslar bo'layotganini to'laqonli tarzda anglab yetasiz.
Davomiyligi: 5 oy, haftada 5 kun, 2-3 soat
Dasturlash foundation bosqichi sizga dasturlashning ma’lum bir yo’nalishini tanlashingizda yordam beradi. Natijada, Dasturlash kasbiy ta'lim dasturining bootcamp result bosqichidagi o'zingiz uchun mos kursni tanlay olasiz. Shuningdek, mutaxassislik bosqichidagi mavzularni oson o'zlashtirasiz.
Dasturlash foundation bosqichini tamomlagan o'quvchilar Bootcamp result bosqichidagi o'tish imtihonlarining natijasi va qiziqishlariga qarab mutaxassislik kurslarida ta'lim olishlari mumkin.