Bootcamp-foundation bosqichi dasturlashga ilk qadam qo’yayotganlar uchun hisoblanadi. Bu bosqichda C va Python dasturlash tillarining asoslari o’rgatiladi. Shuningdek, bonus sifatida kompyuter savodxonligi darslari ham taqdim etiladi.
Bootcamp-foundation bosqichida dasturlash strukturasi, mantig'i, dastur yaratilgandan keyin uning orqa fonida qanday protseslar bo'layotganini to'laqonli tarzda anglab yetasiz.
Davomiyligi: 3.5 oy, haftada 3 kun, 4 soat
Bootcamp-foundation bosqichi sizga dasturlashning ma’lum bir yo’nalishini tanlashingizda yordam beradi. Natijada, Dasturlash kasbiy ta'lim dasturining bootcamp-result bosqichidagi o'zingiz uchun mos kursni tanlay olasiz. Shuningdek, mutaxassislik bosqichidagi mavzularni oson o'zlashtirasiz.
Bootcamp-foundation bosqichini tamomlagan o'quvchilar bootcamp-result bosqichidagi o'tish imtihonlarining natijasi va qiziqishlariga qarab mutaxassislik kurslarida ta'lim olishlari mumkin.